“MILLIY RAQSLARIMIZ” DUNYO AHLINI LOL ETDI

Jozibadorligi va nafisligi bilan milliy urf-odat va boqiy qadriyatlarimizni o`zida mujassam etgan raqslarimiz dunyo ahlini asrlarki, lol etib keladi. Ananaviy XV ,,Ipak va ziravorlar” turistik festivalida ijro etilgan xalq etnografik folklorlari yurtimizga tashrif buyurgan sayyohlar va mehmonlar e`tiboridan chetda qolmadi.     Harakatning viloyat kengashi muassisligidagi ,,Buxoro yoshlari’’ gazetasi qoshida tashkil etilgan ,,Parvoz’’, harakat qoshida tashkil etilgan ,,Madad’’ hamda ,,Kelajak’’ targ`ibot guruhi a`zolari milliy raqslarimizning xorijliklar orasida targ`ibotini yanada oshirishda munosib hissa qo`shishdi. Xorijdan hamda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarni raqsga chorlashib, ularga ko`tarinki kayfiyat ulashishdi.

 Nafosat Davlatova