“Marra bizniki!”

Mustaqillik inshootlaridan bo’lmish “Ko’hna va boqiy Buxoro” majmuasi mustaqillik marafoni ishtirokchilarini intiq bo’lib kutayotgan bir vaqtda, yoshlarimiz birdamlik ila belgilangan masofani yugurib o’tishdi.

ITA_4087

Majmuaning obod va chiroyli yo’lagidan bir guruh yoshlar ko’rinishi bilan san’atkorlarimiz ularni sho’x taronalar ostida kutib olishdi. Finishda jam bo’lgan yoshlar marafon davomida bir-biridan o’zib emas, balki bir jamoa bo’lib, birlashib maqsad tomon intilishdi. Asl maqsadimiz ham shunda aslida. Zero, birlashib, katta kuch bo’lib, bir-birimizga mehr-oqibat bilan munosabatda bo’lib, Vatan taraqqiyoti, uning rivojlanishi, mustaqilligimiz barqaror bo’lishi yo’lida birgalikda harakat qilsak – O’zbekiston kelajagi buyuk bo’ladi. Biz ham mana shunday “Buyuk yurtning buyuk farzandlarimiz!!!”. O’zligiga, o’z maqsadiga, o’zining buyuk tarixi va yorqin kelajagiga ega bo’lgan yurt farzandlarimiz. Yoshlar festivali davomida yoshlarimiz bu asl haqiqatni qalblarida yana bir bora his etishdi.

ITA_4161

Marafon san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etmoqda.