“Deklaratsiyalar muloqoti” – Xalqaro forum ish boshladi

Тadbirda o‘nga yaqin davlatlar, jumladan AQSH, Angliya, Avstriya, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Indoneziya, Nigeriya, Gana kabi mamlakatlarning 30 dan ortiq taniqli ilohiyotshunoslari, diniy ulamolari va rasmiy mutasaddi vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlum qilinishicha, anjuman doirasida turli mamlakatlar dinshunos olimlari, amaliyotchi mutaxassislariga jamiyatda tinchlik va totuvlikni saqlab turishning muhim sharti sifatida dinlar va madaniyatlar o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish sohasidagi eng yaxshi xalqaro amaliyot, ilg‘or xorijiy tajriba namoyish etiladi.

Mazkur xalqaro forum jahon hamjamiyatining eʼtiqod erkinligini taʼminlash va dinlararo muloqotni mustahkamlash yo‘lidagi saʼy-harakatini birlashtirish jarayoni ajralmas qismi bo‘lib, davlatimizning inson huquq va erkinligi bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga qatʼiy sodiqligi, O‘zbekiston Respublikasi 2020 yil ilk bor saylangan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi masʼul aʼzosi sifatida mamlakatimizning ayni yo‘nalishda eʼtirof etilgan umumiy standartlarni xalqaro miqyosda faol targ‘ib etishga tayyorligi ifodasidir.