Sudga murojaat qilayotgan inson uçun sud tizimining içki tuzilişi yoki undagi islohotlarning soni emas, eng avvalo, öz huquqi qançalik tez, xolis va tuşunarli himoya qilinişi muhim. Özbekistonda “Odil sudlov – 2030” strategiyasining mazmunini ham aynan şu bölib, sudni fuqaroga yanada yaqinlaştiriş, sud qarorlarini qayta körib çiqiş mexanizmlarini takomillaştiriş va zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.
“Odil sudlov – 2030” strategiyasida “Xalqçil sud” tuşunçasi sud tizimining jamiyatga yanada oçiq bölişi, fuqarolar bilan muloqotning kuçayişi va ortiqça byurokratik tösiqlarning kamayişi bilan boğlanadi. Bunda sud islohotining natijasi faqat yangi institutlar yoki protsessual mexanizmlar bilan emas, balki jamiyatning sudga bölgan işonçi bilan ham ölçanadi.
Şu ma’noda strategiyada 2030-yilgaça sud tizimiga işonç bildiradigan aholi uluşini 80 foizga yetkaziş maqsadining belgilanişi alohida ahamiyatga ega. Bu raqam oddiy statistik körsatkiç emas. U sud tizimining samaradorligi, oçiqligi va fuqarolarning öz huquqlarini sud orqali himoya qiliş imkoniyatiga bölgan işonçini islohotlarning muhim mezonlaridan biri sifatida körsatadi.
Xalqçil sudning amaliy mazmuni esa fuqaroning sud bilan munosabatida namoyon böladi. Şu sababli strategiyada sud binolarida fuqarolar va yuridik şaxslar vakillariga xizmat körsatişni “Yagona darça” tamoyili asosida taşkil etiş va bu tizimni 2030-yilgaça 100 foizga yetkaziş vazifasi ham belgilangan. Bunday yondaşuv sudga murojaat qilayotgan şaxs uçun kerakli axborotni oliş, protsessual murojaatlarni topşiriş va raqamli xizmatlardan foydalanişda ortiqça ovoragarçiliklarni kamaytirişga qaratilgan.
Demak, “Xalqçil sud” tuşunçasi faqat sudning xalqqa oçiqligini anglatmaydi. U sud xizmatlarining fuqaroga tuşunarli, qulay va amaliy jihatdan yaqin bölişini ham nazarda tutadi.
Sudga murojaat qilgan fuqaro uçun adolat faqat birinçi instansiyada qaror çiqarilişi bilan tugamaydi. Agar tomonlardan biri sud qaroridan norozi bölsa, uni qayta körib çiqiş mexanizmi ham xolis, samarali va tuşunarli bölişi kerak. “Odil sudlov – 2030” strategiyasida hududlararo sudlarni taşkil etiş taşabbusi aynan şu ehtiyoj bilan boğliq.
2027-yil 1-iyuldan umumiy yurisdiksiya va ma’muriy sud yönalişlarida işlarni qayta körib çiqiş vakolatiga ega bölgan, yurisdiksiyasi bir neçta ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab oladigan 5 ta hududlararo sud faoliyat boşlaşi belgilangan. Ularning faoliyatini ta’minlaş uçun jami 319 ta boşqaruv xodimi ştat birligi nazarda tutilgan.
Biroq bu özgarişning ahamiyati sudlar soni yoki yangi ştat birliklarining özida emas. Muhimi, sud qarorlarini qayta körib çiqiş tizimining xolisligi va samaradorligini oşirişga qaratilgan yangi institutsional model şakllanmoqda. Bir neçta hududni qamrab oladigan sudlarning taşkil etilişi sud işlarini qayta körib çiqiş jarayonini yanada izçil taşkil etiş va sud amaliyotida yagona yondaşuvlarni kuçaytiriş imkonini beradi.
Şu bilan birga, sud tizimini hududiy jihatdan takomillaştiriş faqat hududlararo sudlarni taşkil etiş bilangina çeklanmaydi. 2027-2030-yillarda fuqarolik işlari böyiça tuman va şahar sudlarini bosqiçma-bosqiç taşkil etiş ham közda tutilgan. Bunda aholining soni, işlar hajmi, sudyalarning iş yuklamasi va, eng muhimi, aholining odil sudlovdan foydalaniş imkoniyati hisobga olinadi.
Şunday qilib, sud tizimidagi hududiy özgarişlarning ikki yönalişi bir-birini töldiradi. Hududlararo sudlar sud qarorlarini qayta körib çiqişning xolisligi va samaradorligini kuçaytirişga xizmat qilsa, tuman va şahar sudlarining rivojlantirilişi sud himoyasini aholiga yanada yaqinlaştiradi. Bu esa “Xalqçil sud” ğoyasining faqat oçiqlik emas, balki adolatga amaliy va hududiy jihatdan qulay kiriş imkoniyatini ham anglatişini körsatadi.
Bugungi kunda sud tizimining zamonaviyligi faqat sud binolari yoki texnik jihozlar bilan emas, fuqaroning sud xizmatlaridan qançalik oson foydalana olişi bilan ham belgilanadi. “Odil sudlov – 2030” strategiyasida “Raqamli odil sudlov”ning alohida ustuvor yönaliş sifatida belgilanişi ham aynan şu ehtiyojdan kelib çiqadi. Uning asosiy maqsadi – sud iş yurituvini raqamlaştiriş orqali fuqarolar va tadbirkorlar uçun ortiqça ovoragarçiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyatini yaratişdir.
Bu boradagi özgarişlar fuqaroning sud bilan munosabatini sezilarli darajada soddalaştirişi kutilmoqda. Xususan, 2027-yil yakuniga qadar my.sud.uz portali takomillaştirilib, uning yangi mobil ilovasi işga tuşirilişi, sudga murojaat qiliş uçun zarur hujjatlarni tayyorlaşni yengillaştiruvçi interaktiv xizmatlar va sud hujjatlarini izlaş imkoniyatlarini kengaytiriş nazarda tutilgan.
Buning mohiyatini oddiy bir holat orqali tasavvur qiliş mumkin: fuqaro sudga murojaat qiliş uçun avvalgidek turli ma’lumotlarni izlaş, hujjatlarni tayyorlaş yoki sud binosiga boriş bilan boğliq ortiqça vaqt sarflaşi örniga, zarur xizmatlarning katta qismidan elektron şaklda foydalanişi mumkin böladi. Demak, raqamlaştirişning asl qiymati texnologiyaning özida emas, fuqaroning vaqtini, mablağini va kuçini tejaşida namoyon böladi.
Raqamli transformatsiya faqat murojaatlarni elektron şaklga ötkaziş bilangina çeklanmaydi. Strategiyada sud işlarini yuritiş va hujjat aylanişini töliq elektron şaklga ötkaziş, elektron yuritiladigan işlarning qoğoz şaklini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş ham belgilangan. Şu bilan birga, sud majlislarini töliq audioyozuv orqali qayd etiş, sud xabarnomalarini elektron şaklda yuboriş kabi mexanizmlar ham joriy etiladi.
Bu özgarişlarning barçasi bitta umumiy maqsadga xizmat qiladi: sud jarayonini fuqaro uçun tezroq, tuşunarliroq va şaffofroq qiliş. Çunki raqamli sud – bu şunçaki elektron hujjatlar yiğindisi emas. U sudga murojaat qilişdan tortib, işning körib çiqilişi va tegişli axborotni olişgaça bölgan jarayonni zamonaviy, qulay va izçil tizimga aylantirişni anglatadi.
Strategiyada raqamli adolatning natijasi aniq körsatkiçlar orqali ham belgilangan. 2030-yilgaça sudlarga murojaatlarning kamida 50 foizi elektron şaklda berilişiga erişiş, Oliy sudning axborot tizimlaridan foydalanuvçilar sonini esa kamida 5 baravarga oşiriş maqsad qilingan.
Bu raqamlar bir qaraşda texnik körsatkiçdek tuyulişi mumkin. Aslida esa ularning ortida sud xizmatlaridan foydalaniş madaniyatining özgarişi turibdi. Agar fuqaro sudga murojaat qiliş, zarur hujjatlarni tayyorlaş, xabarnomalarni oliş va işga oid ma’lumotlarni izlaş kabi jarayonlarning tobora katta qismini elektron şaklda amalga oşira olsa, sud tizimi ham fuqaroga yaqinlaşadi.
Şu jihatdan “Xalqçil sud” va “Raqamli odil sudlov” bir-biridan ajralgan ikki yönaliş emas. Birinçisi sudni fuqaro uçun oçiq va qulay qilişni maqsad qilsa, ikkinçisi bu qulaylikni zamonaviy texnologiyalar orqali amalda ta’minlaşga xizmat qiladi.
“Odil sudlov – 2030” strategiyasining asosiy ahamiyati sud tizimiga alohida-alohida yangiliklarni joriy etiş bilangina belgilanmaydi. Uning asl mazmuni – fuqaroning adolat izlab sudga murojaat qilgan paytidan boşlab, öz huquqi himoya qilinguniga qadar bölgan jarayonni yanada oçiq, xolis, qulay va samarali qilişdir. Xalqçil sud orqali işonç va oçiqlikni kuçaytiriş, hududlararo sudlar orqali sud qarorlarini qayta körib çiqiş mexanizmlarini takomillaştiriş, raqamli texnologiyalar orqali esa sud xizmatlaridan foydalanişni soddalaştiriş ayni maqsadga xizmat qiladi.
Şu nuqtai nazardan, “Odil sudlov – 2030” strategiyasini Özbekiston sud tizimining navbatdagi bosqiçi, ya’ni inson manfaatini markazga qöygan, hududiy jihatdan qulay, texnologik jihatdan zamonaviy va sud qarorlarining xolisligini ta’minlaşga intiladigan yangi model sifatida baholaş mumkin. Islohotlarning yakuniy mezoni esa yangi sudlar yoki yangi texnologiyalar soni emas, balki fuqaroning adolatga erişiş yöli qançalik qisqargani va uning sudga bölgan işonçi qançalik mustahkamlanganida namoyon böladi.
Uyğun Röziyev,
Buxoro viloyat sudi raisi