Kashandabozlik umr zavoli!

Hozirgi kunga kelib 11-sinf o’quvchilarining tamaki iste’mol qilishayotganiga ko’zimiz tushib qoladi.Bugun urfga aylanib borayotgan o’smir yoshdagi maktab o’quvchilarning qo’shtirnoq ichida ota-onalaridan yashirib kashandaga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Xo’sh, aslida o’smirlarning tamaki iste’mol qilishiga kim sababchi bo’lmoqda? Tamaki iste’mol qiladigan o’quvchilarning ko’pchiligini ota-onasining janjallaridan yoki oilasidagi muhitning yaxshi emasligidan noliydigan yoshlar tashkil etadi. 6-sinfdan tamaki iste’mol qilishni boshlagan o’quvchining yigirma yoshda organizmi qanday holatda bo’lar ekan? O’quvchilar dars boshlanishidan ilgari maktab bozoridan tamaki sotib olishadi, hamda uni maktabning chekka joylarida iste’mol qilib, yana darsga kirishadi. Bunday hodisalarga maktabga kirish chog’imizda amin bo’lishimiz mumkin. Bu yomon illatga qarshi Ichki Ishlar vazirligi tomonidan qattiq nazorat o’rnatilgan. Bu illatga ruju qo’yishiga o’smirning atrofidagi do’stlari ham sababchi bo’lmoqda. Olimlarning aniqlashicha bu illatdan faqat ma’lum foizdagi o’smirlar qutila olishar ekan. Otasining tamakini tutatib turganini ko’rgan yosh go’dak ham otasiga taqlid qilishni boshlaydi. Qush uyasida ko’rganini qiladi axir. Yomon illatdan qutilish, avallo, ota-onalarga bog’liq, o’z bolasiga vaqtida mehr ko’rsatib, bu odatning oxiri voyligini tushuntirgan o’smirlar bu yomon illatdan tezroq forig’ bo’ladi. Bolalar dunyosi beg’ubor bo’ladi. Ularni yomon illatga chaqiruvchi tamoyil esa bitta. U ham bo’lsa  uyda tamaki mahsulotlarining bo’lishidir. Agar tengdoshlarimiz hoziroq bu illatni to’xtatmasalar, kelajakda pushaymon bo’ladilar! Unutmang, tamaki vositalari kelajak zavolidir!

Abdulloh Abdumo’monov, Toshkent shahar Shayxontohur tuman kengashi sardori.