MILLIY QADRIYATLAR IN`IKOSI

“Ipak va ziravorlar” festivalining ikkinchi kunida ham xalq amaliy san’ati ustalari, taniqli folklor va teatr guruhlari, xonandalari, musiqachilar, raqqosalar, baxshilar, qiziqchilar, chavandozlar, dizayner-rassomlar, hunarmandlar, oshpazlar, bir so’z bilan aytganga, madaniyat va san’at  sohasi vakillari o’z ko’rgazmalari bilan chiqishdi.
“Toqi Sarrafon”, Toqi Telpakfurushon”, “Toqi Zargaron”, “Poyi Kalon” majmuasi, “Nodirdevonbegi”, “Ko’kaldosh” va “Abdulazizxon” madrasalari, “Timi Abdullaxon” karvonsaroyi, Ipakchilik markazlarida tashkil etilgan ko’rgazma-yarmarkalarda kandakorlik, zardo’zlik, miniatyura, to’qimachilik, ganjkorlik, milliy o’yinchoqlar va xalq amaliy san’atining ko’plab asarlari namoyish qilindi. Ikki yuzdan ortiq savdo peshtaxtalarida Urgutlik, shahrisabzlik va vodiylik tadbirkorlar ellikdan  ziyod ziravorlaru, yuzga yaqin shifobaxsh o’tlarni taklif etdilar. Shuningdek, chustlik pichoqchilar, rishtonlik kulollar, marg’ilonlik atlas va adras to’quvchilari, buxorolik zardo’z va kandakorlar, surxondaryolik kashtado’zlar, tojikistonlik va qirg’izistonlik tikuvchi-dizaynerlar o’z mahsulotlari bilan qatnashdilar.

Fursatdan foydalanib, festivalda ishtirok etayotgan xorijiy sayyohlarning fikri bilan qiziqdik:

Crag Thompson (AQSh):

Buxoroga ipak va ziravorlar festivalida ishtirok etish uchun keldim. Festival haqida internetda o`qigandim. Boshlanishidanoq bu festival menga yoqyapti.

Xalqingizning an’analari, san’ati, milliy madaniyatining turli qirralari bilan tanishish imkoniga ega bo’lganimdan mamnunman. Ayniqsa, yoshlar tom ma’noda yayrashmoqda. Kayfiyatlari a’lo. Insonni lol etuvchi madaniyatdan hayratdaman.

Bu ko’tarinki kayfiyat kishilarni Ona Vatanga mehru-muhabbat tuyg’ularini oshirib, ertangi kunga bo’lgan ishonchlarini yanada mustahkamladi.Chinakam zavqu shavq, xursandchilikka yo’g’rilgan festival dasturlari qalblarga quvonch, olam-olam kayfiyat bag’ishladi.

Angelica Baischnall ( Germaniya):

Shu kunlarda biz 8 kishidan iborat guruhimiz bilan Buyuk ipak yo`li bo`ylab safarga otlanganmiz. Festivalni tomosha qilish uchun kecha Xivadan qaytib keldik. Bunday festival tashkillashtirilishi Buyuk ipak yo`li nufuzini yanada ko`taradi deb o`ylayman.

Qo`chqor urishtirish musobaqasi uziga xos odat ekan. Men bunday manzarani birinchi marta ko`ryapman. Lekin haqiqatdan ham hayajonli musobaqa ekan.

Eduard Braulet, Fransiya:

— Men O’zbekistonning milliy madaniyati, san’ati, xalq an’analari va urf-odatlariga lol qoldim. Ayniqsa, folklor dastalarning chiqishlari meni maftun etdi. Shuningdek, mazkur festivalning faqatgina madaniyat va san’at qirralari bilan chegaralanib qolmay, sport rivojiga ham katta yo’l ochib berayotirki, Buxoroyi sharif tengsiz pahlavonlaru barkamol sportchilar bilan boy ekanligini namoyon bo’lmoqda. Bundan faqat hayratlanish, zavqlanish mumkin.

Stisvery Jisserent, Franstiya:

— “Ipak va ziravorlar” xalqaro turistik festivali o’n beshinchi bor o’tkazilayotgan ekan. Tantananing yuqori saviyada tashkil etilganiyu, pavilonlarning betakror savdo mahsulotlari bilan to’laligi kishi e’tiborini tortmay qo’ymaydi. Har biri o’ziga xos. Ipak tolalar kishi organizmi rivoji uchun “toza havo” rolini o’tasa, har bir ziravor “salomatlik qo’rg`oni” sifatida suvdek zarurat bo’lib xizmat qilar ekan.