Katta harakatga aylangan Tashabbuslar marafoni shijoatli, tashabbuskor, o’z g’oyasiga ega, maqsad sari intuluvchi yoshlarni o‘z atrofida jamladi.
Marafonda Buxorolik yigit-qizlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari va yangi tashabbuslari bilan faol o‘rtoqlashishdi.
“Tashabbuslar marafoni” doirasida tashkil etilgan AT, tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik va madaniyat yo‘nalishlaridagi maxsus maydonchalar buxorolik yoshlar uchun chinakam tajriba almashish makoniga aylandi.
Yoshlarimizning g‘ayrati va o‘z maqsadlari sari intilishi juda yuqori.





